History of
Ashurov Argenti

Discover our history and mission, which have allowed us to achieve international recognition and reach greater heights every year

1991
Kompaniyaning tarixi 1990-yillarning boshlariga borib taqaladi. Uning paydo bo'lishini mustaqil O'zbekistonda zargarlik sanoatining asoschisi M.X.Ashurov bilan bog'lanadi. U bugungi kunda kompaniyani boshqarib kelayotgan asosiy tamoyillarni belgilab berdi: mukammallikka intilish, shaffoflik va mintaqaning boy madaniy merosiga hurmat qilish.
1994
1994 yilda M.X. Ashurov, bu sohada ilg'or mutaxasis bo'lib, Italiyaning nufuzli kumush ustalari va Italiyaning zargarlik sanoat rahbarlari bilan hamkorlikda ish yuritdi. Ushbu samarali hamkorlik natijasida O‘zbekistonda sof kumushdan yasalgan oshxona anjomlarini ishlab chiqarishga qaratilgan dastlabki ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi.
2013
Bu yil kompaniyaning tarixida yana bir muhim o'zgarish ro'y berdi. E. Ashurov tashabbusi bilan qimmatbaho metallardan suvenir va boshqa turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Suvenir” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etildi. E. Ashurov direktorlar kengashida muhim rol o'ynab, kompaniyani zamonaviy davrga kirishiga boshchilik qildi.
2021
“Souvenir” MChJ negizida E.Ashurov o‘zining tadbirkorligi va zukkoligidan foydalanib, barcha biznes yo'nalishlarni birlashtirdi va kumush anjomlarni qayta ishla jarayonini uyg‘unlashtirdi. Italiyaliklar bilan uzoq muddatli aloqalarni tikladi va zavodni yangi texnologiya va imkoniyatlar bilan kengaytirdi. Kumush oshxona anjomlarni O'zbekistonda targ'ib qilish uchun Ashurov Argenti brendini yaratdi.
Hozirgi kunda
Bugungi kunda kompaniyamizning mahsulotlar assortimenti yuqori sifatli 925 probali kumushdan sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan bo'lib, eng so'nggi jihozlardan foydalangan holda diqqat bilan ko'rib chiqiladi. Ashurov Argenti kumushlar har qanday odam uchun - biznes partnyordan tortib to farzandlaringizgacha unutilmas va munosib sovg'a bo'ladi.

Consultant and research advisor.

  • Fizika-matematika fanlari doktori (1989), professor (1995), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi (1995), Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi (2020).

    Ashurov M.X. - qattiq jismlar fizikasi, lazer kristallari spektroskopiyasi, radiatsiya fizikasi, noorganik materiallar, kristall o'sishi, muqobil energiya manbalari sohasidagi taniqli mutaxassis.

    1980 yilda O‘zbekistonda M.X. Ashurov birinchi optik monokristallarni sintez qildi. 1981-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarixida birinchi marta kristallarning yadro fizikasi institutida yetishtirilgan ilmiy mahsulotlarni Yevropa davlatlariga eksport qildi.

O‘zbekiston SSR Prezidentining 1991-yil 25-maydagi farmoniga muvofiq NPO Fonon tashkil etildi (nomi sifatida akademiyaning bosh harflari yig'imi ya'ni FIAN – Физический Институт Академии Наук СССР tanlangan bo'lib, shu davrda  M.X.Ashurov by akademiyada amaliyot o‘tib va aspiranturada o‘qayotgan bo'lgan).Bu yerda o‘z-o‘zini ta’minlash shartlariga kompleks yondashuv yo‘lga qo‘yildi: lazer kristallarini, shu jumladan kub fianit kristallarini ishlab chiqarish va zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda, ularni kesishda keng qo‘llanilgan. Ular asosida, bu faoliyatdan olingan foyda hisobiga M.X.Ashurovning butun ishlab chiqarish sohasini va jumladan oʻzi shugʻullangan fanni rivojlantirishiga qaratgan.

M.X.Ashurov 1991-yildan 2023-yilgacha o‘zi tashkil etgan NPO “Fonon” zavodida bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

M.X. Ashurov tavsiyasiga ko‘ra 2013-yilda “Suvenir” MChJ tashkil etilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida bosh ilmiy xodim bo‘lib, u yerda nurlanishning lazer xarakteristikalariga ta’sirini o‘rganish bilan bir qatorda kristallar, plazma hosil bo'lishini o'rganadi va ular asosida qishloq xo'jaligi o'simliklarining mahsuldorligini oshirish uchun biologik faol eritmalar olish usulini ishlab chiqaradi.

Akademik M.X. Ashurov O‘zbekiston Respublikasining “Fan arbobi” (faol ilm) unvoni bilan taqdirlangan. “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari, O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i va “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

“O‘zbekiston-Gretsiya” do‘stlik jamiyati raisi.

“O‘zbekiston Belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan

Ta'sischi

  • Kompaniya asoschisi.

“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

“O‘zbekiston  Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.